O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2023-YILDA AHOLINI RO‘YXATGA OLISHGA TAYYORGARLIK KO‘RISH VA UNI O‘TKAZISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2023-YILDA AHOLINI RO‘YXATGA OLISHGA TAYYORGARLIK KO‘RISH VA UNI O‘TKAZISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi “Аholini ro‘yxatga olish tug‘irisida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadidi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori qabul qilindi.
Surxondaryo viloyat statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish bo‘limi tamonidan bir qator ishlar amalga oshirilib kelmoqda;
Yer resurslari va Davlat kadastr boshqarmasi, mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash boshqarmasining xodimlari bilan birgalikda mahalla htsdtsdidagi aholi punktlari kesimida joylarga chiqgan holda aholini roʼyxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rilmokda.
2023 yilda Аholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha aholini xabardor qilish maqsadida Mahalla boshqa tashkilotlarda uchrashuv va o‘quv seminarlar tashkil etilib targ‘ibot ishlari amalga oshirib borilmokda.
Bir so‘z bilan aytganda, aholini ro‘yxatga olish O‘zbekistonning yangi, mukammal kadastr xaritasi yoki respublikamizning har bir viloyat, tuman va shahri, mahallasi-yu ko‘chasi, hatto eng chekka qishloq va ovullarga taalluqli bo‘lgan barcha maʼlumotlarni o‘zida aks ettirgan yagona axborot bazasi yaratilishini taʼminlaydi.
Mamlakat fuqarolari to‘g‘risidagi maʼlumotlar har qanday davlat milliy statistikasining muhim qismi sanaladi.Bunday maʼlumotlar maʼlum vaqt oralig‘ida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari orqali to‘planadi.Ular nafaqat respublika, balki Yer yuzi aholisining soni, ijtimoiy holati, daromadlari kabi bir qancha muhim axborotlarni hisoblab borishga xizmat qiladi.
BMT dunyo mamlakatlariga fuqarolar bilan yuzaga keladigan bir qator ijtimoiy muammolarning yechimi hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlarning demografik koʼrsatkichlar bilan mutanosib ravishda o‘sib borishini taʼminlash uchun har o‘n yilda kamida bir marotaba aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishni tavsiya etadi.Yurtimizda mustaqillikdan so‘ng keng ko‘lamda aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilmagan. Shu bois, mamlakatimizda ilk bor 2023 yilda o‘tkazilishi koʼzda tutilgan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga ayni paytda qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Аholini ro‘yxatga olish mamlakat hududida millati, elatidan qatʼiy nazar barcha insonlarni birlashtiradigan umummilliy tadbir bo‘lib, uning o‘tkazilishidan barchamiz, siyosiy qarashlarimiz va ijtimoiy mavqeimizdan qatʼi nazar birdek manfaatdormiz. Boisi, mazkur yirik ijtimoiy tadbir orqali, birinchi navbatda, jami aholining soni, fuqaroligi, nikoh holati yaʼni rasmiy nikoh, norasmiy nikoh yoki erta nikoh, odamlarimizning taʼlim darajasi (o‘rta, o‘rta maxsus yoki oliy), yashash uchun daromad manbalari, uysizlar soni,uy xo‘jalinining yashash sharoitlari kabi bir qancha ko‘rsatkichlar bo‘yicha bugungi kunda yetarlicha mavjud boʼlmagan maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi. Shaharcha, mahalla, qishloq va ovullar soni hamda ularning chegaralari, turar joylar soni, ulardagi mavjud shart-sharoitlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarga aniqlik kiritiladi.

Yurtimizda ham 2023 yilda oʼtkazilishi rejalashtirilgan aholini roʼyxatga olish tadbiri 2023 yilning 1-25 noyabrь kunlariga koʼchirildi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini roʼyxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 710-son qarori bilan mustahkamlandi. Shuningdek, mazkur qaror bilan 2021 yilning 1-25 noyabrь kunlari Аndijon viloyatining Xoʼjaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida aholini sinov tariqasida roʼyxatga olish tadbirini oʼtkazish belgilandi.