TERMIZ SHAHRIDA YoSHLAR BILAN ISHLASHNING YANGICHA TIZIMI AMALDA

TERMIZ SHAHRIDA YoSHLAR BILAN ISHLASHNING YANGICHA TIZIMI AMALDA

 

 Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 11 aprel kuni yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi Termiz shahrida taʼminlanmoqda.

 

Xususan, bugun shahar hokimi, 1-sektor rahbari O‘ktam To‘rayev “Bog‘ishamol” mahallasida uyma-uy yurib o‘ziga biriktirilgan yoshlar va ularning oila aʼzolari bilan uchrashdi. Shahar rahbari suhbat davomida yoshlarni qiynayotgan muammolar va so‘ralgan amaliy yordamlarni berish bo‘yicha masʼullarga tegishli vazifalar yukladi.

 

Shuningdek, yoshlarning qator murojaatlari, jumladan, nogironligi bo‘yicha jarrohlik operatsiya xarajatlarining to‘lovi, davolanish uchun order olish, kasb-hunar va til o‘rganish masalalariga amaliy yordam ko‘rsatilishi belgilandi.

 

O‘z navbatida sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, masʼul tashkilotlar rahbarlari o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uyma-uy yurish orqali yangicha tizimda, manzilli o‘rganish ishlarini davom ettirmoqdalar.