Brifing | Termiz shahrida taʼlim sifatini yaxshilash hamda taʼlim tizimidagi o‘zgarishlar xususida

Brifing | Termiz shahrida taʼlim sifatini yaxshilash hamda taʼlim tizimidagi o‘zgarishlar xususida

 

 

Termiz shahar hokimi o‘rinbosari Kamol Ashurov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

 

Unda mavzu yuzasidan batafsil axborot berildi.

 

Termiz shahrida 2022-2023 o‘quv yilida jami 32 ta taʼlim muassasalari faoliyat ko‘rsatadi, shundan, shahar xalq taʼlimi bo‘limiga qarashli 26 ta umumiy o‘rta taʼlim maktablari, 1 ta Prezident maktabi, Prezident taʼlim muassasalari agentligiga qarashli 2 ta (1-sonli ixtisoslashgan maktab-internati, 3-sonli ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi) ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internati, 1 ta R.Choriyev nomidagi sanʼatga ixtisoslashtirilgan maktab-iyenternati, 2 ta (Zvezda-vostoka NDTM, Genius Academy Termez NDTM) nodavlat taʼlim muassasalari faoliyat olib bormoqda.

2023 yil 23 fevral holatiga shahar xalq taʼlimi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta taʼlim maktablarida  34 ming 382 nafar (shundan 17106 nafari qiz bolalar) o‘quvchilar taʼlim-tarbiya olishmoqda.

Tizimdagi yangiliklar xususida:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi raxbarining 2023 yil 18 yanvardagi № 02-PA 1-740-sonli topshirig‘iga muvofiq 2023 yildan o‘quvchilarni maktablarda ikkita xorijiy til va bitta kasbga o‘rgatish hamda 11-sinfni – “Xayot maktabi” etib belgilab, ularni daromad topadigan ish bilan taʼminlash maqsadida aniq chora-tadbirlar belgilandi. Xorijiy tillarni o‘rgatish zamon talabi hisoblanadi shu sababli davlatimiz rahbari tomonidan maktab o‘quvchilarini ikkita xorijiy til va bitta kasbga o‘rgatish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosini Termiz shahridagi 26-sonli umumtaʼlim maktabida Surxondaryo viloyatidagi maktab o‘quvchilarini ikkita xorijiy til va bitta kasbga o‘rgatish hamda 11-sinfni – “Hayot maktabi” etib belgilash mavzusida o‘quv amaliy seminari tashkil etildi.

Termiz shahar xalq taʼlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarida 2-xorijiy til hamda kasb o‘rgatish bo‘yicha namunaviy maktablar etib 5 ta umumtaʼlim maktabi 1-sektor 12-maktab, 2-sektor              3-maktab, 3-sektor 6-maktab, 4-sektor 13-26-maktablar etib belgilab olindi. Ushbu maktablarda 2-chi xorijiy til sifatida 12-maktab                nemis-tili, 3-maktab nemis-tili, 6-maktab nemis-tili, 13-maktab fransuz-tili, 26-maktab nemis tili sifatida o‘qitilishi rejalashtirildi.

2022-2023-o‘quv yilida 26 ta umumtaʼlim maktablarida o‘quvchilarni kasbga o‘qitish bo‘yicha jami 21 turdagi ishchi kasblar tashkil etildi. Ushbu to‘garaklarga 80 nafar oliy maʼlumotli mutaxassis o‘qituvchilar tomonida 6758 nafar o‘quvchilarga kasbga o‘rgatish to‘garaklari reja asosida o‘tib kelinmoqda.

Umumtaʼlim maktablarida o‘quvchilarga quyidagi kasblar o‘qituvchilar tomonidan o‘rgatilib kelinmoqda. Jumladan:

Termiz shahridagi barcha umumtaʼlim maktablari o‘quvchilarga tikuvchilik, qandolatchilik, duradgorlik, elektropayvandchi, kompyuter operatori-kotiba, poyafzal taʼmirlash, kashtachilik, limonchilik, issiqxona ishchisi, parda tikuvchi, milliy taomlar oshpazi, ayollar sartaroshi, kulolchilik, bog‘dorchilik (ko‘chatchilik), dexqonchilik, erkaklar sartaroshi kabi  kasblar o‘rgatib kelinmoqda.

O‘quvchilarni kasbga o‘rgatish bo‘yicha barcha umumtaʼlim maktablarida to‘garaklar xonasi tashkil etilgan.

Bundan tashqari, 4 ta sektor kesimida barcha maktablarda 2023 yilda 11-sinf o‘quvchilarini OTMlariga kirish ko‘rsatgichini oshirish maqsadida seminarlar o‘tkazilmoqda.