E’lon

E’lon

Joriy yilning 25 aprel kuni soat 15:18 da  Termiz shahar elektr ta’minoti korxonasi tassarufida bo‘lgan 110/35/10 kVli “Sulton Saodat” podstansiyasidagi 24-fiderda nosozlik yuzaga kelishi oqibatida  “Bog‘ishamol” mahallasi Farovon massivida elektr energiya ta’minotida uzilish yuzaga kelganligini ma’lum  qilamiz.

Ayni vaqtda Termiz shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali matbuot xizmati.