#Пилла_ҳосилини_йиғиш_бошланди
#Пилла_ҳосилини_йиғиш_бошланди
Termiz shahrida ham o‘z xonadonida pillachilik bilan shug‘ullanib, kumush tola yetishtiradigan insonlar bisyor.
Ana shunday zahmatkash insonlardan biri shaharning “Tinchlik” mahallasida istiqomat qiluvchi Muhabbat opa Mengliyevadir. Pilla yetishtirish ham insondan yillar davomida orttirilgan tajriba va bilim hamda mashaqqatli mehnat talab qiladi. Muhabbat opa ham oila a’zolari bilan birgalikda bir oy davomida tunu-kun mashaqqatli mehnat qilishib, mo‘l hosil yetishtirdilar.
Xonadon sohiblarining o‘z vaqtida qilgan mehnatlari natijasida ipak qurti yetilib, ularni terish ishlarini boshlab yuborishdi.