Rasmiy munosabat
Rasmiy munosabat
Termiz shahar hokimligi 2023 yil 5 aprel kuni “Surxon ovozi” gazetasining 4-sonida “Termiz shahar “Manguzar” mahallasi ichki yo‘llarga asfalt yoki tosh-shag‘al yotqizilmagani, “Turkmanariq” deb nomlanuvchi ariqda 5 yildan buyon suv oqmasligi” to‘g‘risidagi maqola eʼlon qilingan.
Termiz shahar hokimligi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.
Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining joriy yil 10 fevral kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Termiz shahridagi barcha mahallalarning infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida tegishli topshiriqlar belgilab berilgan.
Ushbu topshiriq asosida Manguzar mahallasida 6.4 km ichki yo‘llar taʼmirlanishi, xususan, joriy yilning 2-chorak yakuniga qadar asfalt yotqizilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, shahar obodonlashtirish boshqarmasi masʼul xodimining maʼlumotiga ko‘ra “Turkmanariq” deb nomlanuvchi ariqning “Manguzar” mahallasi hududidan o‘tgan maʼlum qismida obodonlashtirish va ariqni tozalash ishlarining oxirgi bosqichi belgilangan.
Ushbu ishlar yakuniga yetkazilgandan so‘ng joriy yilning may oyi oxiriga qadar Turkmanariqqa suv ochilishi rejalashtirilganligini maʼlum qilamiz.