Brifing | Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining mahallalardagi muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida
Brifing | Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining mahallalardagi muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri Farux Abjalov ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Unda mavzu yuzasidan batafsil axborot berildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida, mahalliy Kengash deputatlarining ishtirokini ta’minlash, joylarda deputatlik nazoratini kuchaytirish, mahalliy Kengashlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”dagi “inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish” deb nomlangan birinchi ustuvor yo‘nalishning 2-maqsadida “Xalq deputatlari Kengashlarini hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish” nazarda tutilgan. Mazkur maqsadga erishish uchun:
birinchidan, xalq deputatlari Kengashlarida doimiy asosda faoliyat yurituvchi deputatlar korpusini shakllantirish va ularning vakolatlarini kengaytirish orqali hududiy ijro organlari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish;
ikkinchidan, xalq deputatlari Kengashlarining mahallalardagi muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish, mahalliy byudjetni shakllantirish va nazorat qilish bo‘yicha mas’uliyatini kuchaytirish;
uchinchidan, mahallalarning joylardagi vakillik organlari bilan, xalq deputatlari Kengashlarining Oliy Majlis Senati bilan, hokimliklarning vazirliklar va ularning hududiy bo‘linmalari bilan aloqalarini mustahkamlash;
to‘rtinchidan, mahalliy kengashlarning kotibiyatlari faoliyatini yanada kuchaytirish choralarini ko‘rish amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar qatorida keltirib o‘tilgan.
Shaharda o‘tgan 2022 yilda o‘tkazilgan 14 ta sessiyalarda 204 ta turli masalalar, jumladan, 86 ta hisobotlarni eshitish, 43 ta axborotlarni eshitish, 7 ta muhokama etish, 6 ta nazorat tahlil tadbirlari, 20 ta vakolat doirasidagi qarorlarni tasdiqlash, 11 ta hokim qarorlarini tasdiqlash, 2 ta hokim qarorlarini bekor qilish, 29 ta boshqa masalalar bo‘yicha xalq deputatlari shahar Kengashining qarorlari qabul qilindi.
Joriy yil 1 chorakda ushbu ko‘rsatkichlar, o‘tkazilgan 2 ta sessiyada, 30 ta turli masalalar, jumladan, 12 ta hisobotlarni eshitish, 3 ta axborotlarni eshitish, 3 ta muhokama etish, 3 ta nazorat-tahlil tadbirlari, 5 ta vakolat doirasidagi qarorlarni tasdiqlash, 1 ta hokim qarorlarini tasdiqlash, 2 ta boshqa masalalar yuzasidan xalq deputatlari shahar Kengashining qarorlari qabul qilindi. 10 ta deputatlik so‘rovlari chiqarilgan, 22 marotaba saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilgan. Mazkur uchrashuvlarda aniqlangan muammolardan 49 tasi hal etilgan. Yuridik va jismoniy shaxslardan tushgan 52 ta murojaatlardan 34 tasi ijobiy hal etilgan. Deputatlik faoliyati 4 marotaba bosma nashrlarda, 11 marotaba televideniya, 30 marotaba internet saytlarda, 167 marotaba ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan.