TAYINLOV

TAYINLOV

 

Kalandarov Shuxrat Iskandarovich — Termiz shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

 

U 1981 yilda Denov tumanida tug‘ilgan. 2004 yil Termiz davlat universitetini, 2015 yil O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi soliq akademiyasini tamomlagan. MaŹ¼lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – tatbiqiy matematika va informatika, soliq va soliqqa tortish.

 

Sh.Kalandarov mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasida turli lavozimlarda, shuningdek, Termiz tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, Termiz tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida mehnat qilgan.

 

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2022 yildan buyon Sariosiyo tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.