Termiz shahrida infratuzilma yana-da yaxshilanadi
Termiz shahrida infratuzilma yana-da yaxshilanadi
Viloyat rahbari Termiz shahrining “Yulduz”, “Tuproqqo‘rg‘on” va “Tinchlik” mahallalarida bo‘lib, ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash, oqova suvlar tarmog‘ini tashkil etish, ko‘p qavatli uylarni taʼmirlash, hududni obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Shahar bo‘ylab avvalgi o‘rganishlar davomida berilgan topshiriqlar ijrosi bilan ham tanishilib, ayrim masalalar hozirga qadar hal etilmaganligi tanqid qilindi.
Ushbu mahallalarda infratuzilmani yaxshilash, yo‘llarni taʼmirlash, ichimlik suvi va oqova suv tarmog‘ini tashkil etish ishlarini yakunlash, ko‘p qavatli uylarning fasad qismini bo‘yash hamda zamonaviy ko‘rinishga keltirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.