Surxondaryoda Ramazon hayiti katta shodu xurramlik bilan boshlandi
Surxondaryoda Ramazon hayiti katta shodu xurramlik bilan boshlandi
Muborak Ramazon hayitining birinchi kuni Surxondaryo viloyatida ham zo‘r shodu xurramlik va shukronalik kayfiyatida boshlandi. Erta tongda viloyatdagi 126 ta jome masjidda hayit namozi o‘qildi. Unda 200 ming nafarga yaqin namozxon saodatli kun ibodatini ado etdi.
Termiz shahridagi Hakim Termiziy jome masjidi ham erta tongdan yurtdoshlarimiz bilan gavjum bo‘ldi.
Hayit namozi maʼruzasida maʼnaviy qadriyatlarimiz yuksalishi yo‘lida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar, bugungi farovon hayotimiz mazmun-mohiyati haqida so‘z bordi. Insonlarga mehr ko‘rsatish, ularning o‘y-tashvishlarini o‘rganib, yaxshilik qilish savobi haqida aytildi.
Yurtdoshlarimiz shu kunlarga yetkazganiga shukrona aytib, elimizga tinchlik-xotirjamlik, omonlik, qut-baraka tilab duoga qo‘l ochishdi.