Prokuror va yoshlar uchrashuvi
Prokuror va yoshlar uchrashuvi
Kecha, Termiz shahar prokurori, 2-sektor rahbari X.P.Mamatqulovning tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi Termiz shahar bo‘limi bilan hamkorlikda "Imom Termiziy" ilmiy amaliy o‘quv markazida "Prokuror va yoshlar uchrashuvi" o‘tkazildi.
Ushbu uchrashuvda Termiz shahar prokuroriga biriktirilgan 56 nafar yoshlar ishtirok etib, tadbirda ushbu yoshlarning kelajakdagi maqsadlari, muammolari va takliflari o‘rganilib, yoshlarni qiynab kelayotgan murojaatlari tinglandi.
Yoshlarning murojaat va muammolarini bartaraf qilish va amaliy yordam ko‘rsatish uchun masʼul tashkilot va muassasalarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi hamda muammolarni yechimi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.