Amudaryo oromgohini mavsumga tayyorlash bo‘yicha vazifalar belgilandi
Amudaryo oromgohini mavsumga tayyorlash bo‘yicha vazifalar belgilandi
Termiz shahrida, Surxon daryosining bo‘yida joylashgan “Amudaryo” oromgohi har yili yoz mavsumida minglab bolalarni o‘z bag‘riga oladi. Barcha sharoitlarga ega bo‘lgan oromgohda yozgi mavsumga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu oromgohda bo‘lib, mavsumga tayyorgarlik ishlariini ko‘zdan kechirdi. Hududda obodonlashtirish ishlarini olib borish, mavjud plyajni tozalash, sanitariya holatini yaxshilash, oromgoh binolarini tartibga keltirish, jihozlarni yangilash bo‘yicha masʼullarga topshiriq berildi.
Shuningdek, belgilangan vazifalarni joriy yil 25 may kuniga qadar yakunlash va bitiruvchilar uchun oromgohda madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish topshirildi.