Shahar hokimi “Bog‘zor” mahallasi yoshlari va 1-sektordagi migratsiyadan qaytgan yoshlar bilan uchrashdi
Shahar hokimi “Bog‘zor” mahallasi yoshlari va 1-sektordagi migratsiyadan qaytgan yoshlar bilan uchrashdi
Termiz shahridagi "Matbuot uyi"da o‘tkazilgan uchrashuvda shahar hokimi O‘ktam To‘rayev o‘ziga biriktirilgan migratsiyadan qaytgan yoshlar bilan muloqot qilib ularning muammolarini tingladi.
Uchrashuvda shahar hokimining yoshlar masalasi bo‘yicha o‘rinbosari, mahalladagi yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi va aloqador tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Muloqot jarayonida har bir yoshning muammosiga alohida yondoshildi. Xususan, ularning kasb-hunarga o‘qish, payvandlash asbob-uskunalarni olishda imtiyozli kredit ajratish, sog‘ligini tiklash bo‘yicha davolanish, ishga joylashish va boshqa masalalardagi murojaatlarini ijobiy hal etilishi yuzasidan aloqador masʼullarga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Gimnastrada” yo‘nalishida respublika bosqichida Termiz shahridan ishtirok etadigan 10 nafar iqtidorli yoshlarning maxsus forma olishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati joyida ijobiy yechimini topdi.