«Bir musulmonning og‘irini yengil qilish — bizga ham qarz, ham farz», — degan edi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

«Bir musulmonning og‘irini yengil qilish — bizga ham qarz, ham farz», — degan edi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

 

Davlatimiz rahbari joriy yil 13 mart kuni viloyatimizga tashrifi chog‘ida o‘ttiz kunlik Ramazon oyida eng og‘ir mahallada kam ta’minlanganlarni taklif qilib, iftorlik o‘tkazish bo‘yicha mutasaddilarga tavsiyalarini bergan edi.

 

Mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan Ramazon oyida “Ma’naviyat festivali” davomida Termiz shahri “Ma’rifat” mahallasidagi oilalarning birida iftorlik tashkil etildi.

 

Unda "Ma'naviyat festivali"ning targ'ibot guruhi a'zolari Javdat Pulatov, shoira Farog‘at Xudoyqulova hamda viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva, shahar bosh imom xatibi ishtirok etdi.

 

Iftorlikda imomlar tomonidan qur’on tilovat qilindi. Yakunda shunday muborak oyda yurtimizga tinchlik, osoyishtalik va oilalar faravonligini so‘rab duo qilindi.