“Ma‘naviyat festivali” davomida Termiz shaharidagi “Guliston” mahallasida “Ma‘naviyat kutubxonasi” tashkil etildi.

“Ma‘naviyat festivali” davomida Termiz shaharidagi “Guliston” mahallasida “Ma‘naviyat kutubxonasi” tashkil etildi.

 

"Ma‘naviyat festivali"ning targ‘ibot guruhi a‘zolari,  Jahon tillari universiteti dotsenti, “Ma‘rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a‘zosi Javdat Pulatov,  O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi bo‘lim boshlig‘i, “Ma‘rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a‘zosi, shoira Farog‘at Xudoyqulovalar tomonidan ushbu kutubxonaga o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalaridan iborat 300 dona kitoblar jamlanmasi topshirildi.

 

Endilikda tashkil etilgan “Ma‘naviyat kutubxonasi” aholi xususan yoshlarga ma‘naviy ozuqa bo‘lish bilan bir qatorda ularda g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, faol fuqarolik pozitsiyasini, fidoyilik va vatanparvarlik tuyg‘usini kamol toptirishga xizmat qiladi.