Viloyat hokimi muzqaymoqlar ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Viloyat hokimi muzqaymoqlar ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Keyingi manzilda viloyat hokimi ushbu mahallada joylashgan “Saidjon Muhammadjon muzqaymoqlari” MCHJning sutni qayta ishlash va muzqaymoqlar ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Korxona 2 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, yiliga 5 ming tonna muzqaymoq ishlab chiqariladi. Korxonada 50 ta doimiy, 200 ta mavsumiy ish o‘rinlari yaratilgan. Viloyat rahbari muzqaymoq ishlab chiqarish, xom ashyo va tayyor mahsulotlarni saqlash jarayonlari bilan tanishdi.
Shuningdek, tadbirkor tomonidan amalga oshirilayotgan chorvachilikni tashkil etish va sut mahsulotlarini qayta ishlash loyihasi bilan ham tanishilib, mavjud muammolar yuzasidan muloqot qilindi.
Ushbu loyihani amalga oshirilishida mavjud muammolarni batafsil o‘rganib, hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha masʼullarga topshiriqlar berildi.