Yiliga 1,2 mln tonna mahsulot yetishtirish quvvatiga ega issiqxona faoliyati bilan tanishildi

Yiliga 1,2 mln tonna mahsulot yetishtirish quvvatiga ega issiqxona faoliyati bilan tanishildi

 

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi o‘rganish ishlarini “Tinchlik” mahallasida joylashgan “Surxon-Janub-Eksport” MCHJning issiqxonalar kompleksida davom ettirdi.

 

Umumiy maydoni 20 gektar (1 gektar bino va inshootlar) bo‘lgan issiqxona kompleksi yiliga 1,2 mln tonna yoki 12 mlrd so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish quvvatiga ega bo‘lib, 500 ming dollar mahsulotlar Rossiya va Turkiya davlatlariga eksport qilinmoqda. Loyiha doirasida 300 ta doimiy, 500 ta mavsumiy ish o‘rinlari yaratilgan.

 

Shuningdek, MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan, yiliga 5 ming tonna mahsulot saqlash quvvatiga ega muzlatkichli ombor loyihasi ham ko‘zdan kechirildi. Masʼullarga tadbirkorning kredit bilan bog‘liq muammosini batafsil o‘rganib, hal etish bo‘yicha vazifalar yuklandi.