Termiz shahrida topshiriqlar ijrosi o‘rganildi

Termiz shahrida topshiriqlar ijrosi o‘rganildi

 

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida avvalgi tashriflarda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini o‘rganish maqsadida qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilayotgan “Alpomish” kurash majmuasi va 16-sonli maktab binosida bo‘ldi.

 

Ushbu obyektlarda olib borilayotgan ishlar, ishlatilayotgan qurilish materillari sifati bilan tanishildi. Viloyat hokimi soha masʼullari va quruvchilarga qurilish-taʼmirlash ishlarini sifatli amalga oshirish, o‘z muddatida yakunlab, fodalanishga topshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.