Aholiga munosib turmush sharoitini yaratish yo‘lida
Aholiga munosib turmush sharoitini yaratish yo‘lida
Prezident topshirig‘i amalda
Avval xabar berganimizdek Prezidentimizning viloyatga tashrifi chog‘ida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida Termiz shahridagi mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash borasida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan ichki yo‘llar, ichimlik suv taʼminoti va boshqa infratuzilma obyektlarida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, shaharning Shifokorlar, Mexrobod va Amu sohillari mahallalaridagi ikki va ko‘p qavatli uylarning fasad qismlarini bo‘yoqlash va tom qismlarini taʼmirlash ishlari davom etmoqda.