Termiz shahar hokimi xorijiy migratsiyadan qaytib kelgan va nogironligi bo‘lgan yoshlar bilan uchrashdi
Termiz shahar hokimi xorijiy migratsiyadan qaytib kelgan va nogironligi bo‘lgan yoshlar bilan uchrashdi
Bugun 26-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida o‘tkazilgan uchrashuvda shahar hokimi O‘ktam To‘rayev o‘ziga biriktirilgan migratsiyadan qaytgan va nogironligi bo‘lgan yoshlar bilan muloqot qilib ularning muammolarini tingladi.
Muloqot jarayonida har bir yoshning muammosiga alohida yondoshildi. Xususan, ularning sog‘ligini tiklash bo‘yicha davolanish, ishga joylashish, tadbirkorlikni boshlash va boshqa masalalardagi murojaatlarini ijobiy hal etilishi yuzasidan aloqador masʼullarga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, ushbu yoshlar bilan doimiy muloqotda bo‘lib ularning murojaatlarini shahar rahbariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot berib boradigan oliy taʼlim muassasasida tahsil oluvchi ko‘makchi volontyorlar biriktirildi.