Termiz shahrida 10 ta oilaga uy-joylar topshirildi
Termiz shahrida 10 ta oilaga uy-joylar topshirildi
Bugun Termiz shahri “Manguzar” mahallasi hududida tadbirkor Bexzod Yuldoshev tomonidan ehtiyojmand, kam taʼminlangan oilalar uchun qurilgan 10 ta ijtimoiy uy-joylar o‘z egalariga topshirildi. Viloyatning shahar va tumanlaridan tanlab olingan, uy-joyga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarga topshirilgan mazkur uy-joylar barcha qulayliklarga ega.
Uy-joylarni tantanali topshirish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, viloyat faollari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda yangi xonadon egalariga viloyat hokimligi tomonidan maishiy texnikalar va sovg‘alar ham topshirildi.
Xayru-saxovat va muruvvat oyi bo‘lgan Muborak Ramazon oyida bu kabi tadbirlarning amalga oshirilishi yurtimizda “Inson qadri” ulug‘lanishining yana bir ifodasidir.