Termizda Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni nishonlandi

Termizda Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni nishonlandi

 

Maʼlumki, yurtimizda 15 aprel — «Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni» etib belgilangan.

 

Ushbu sana munosabati bilan bugun shahrimizdagi “Nigina” tantanalar saroyida madaniyat va sanʼat sohasi fidoyilariga bayram tadbiri tashkil etildi.

 

Tadbir davomida sohada faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh xodimlarga shahar hokimining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, sohada uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan fidoyilarning mehnatlari eʼtirof etildi.

 

Bayram dasturida soha xodimlarining kuy-qo‘shiqlari yig‘ilganlarga bir olam zavq bag‘ishladi.