Prezident topshirig‘i amalda

Prezident topshirig‘i amalda

 

Avval xabar berganimizdek Prezidentimizning viloyatga tashrifi chog‘ida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida Termiz shahridagi mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash borasida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan ichki yo‘llar, ichimlik suv taʼminoti va boshqa infratuzilma obyektlarida amaliy ishlar olib borilmoqda.

 

Xususan, Tuproqqo‘rg‘on, Shodlik, Do‘stlik, O‘zbekiston, Pattakesar, Alpomish, Nurli kelajak, Navro‘z, Baynalminal, Abduraxmon Jomiy va Surxon sohili mahallalarning ichki yo‘llari va piyodalar yo‘lagiga sement-beton qoplamasini yotqizish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.