DOIMIY DAROMADGA EGA BO‘LMAGAN FUQAROLAR UCHUN MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI

DOIMIY DAROMADGA EGA BO‘LMAGAN FUQAROLAR UCHUN MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI

Mehnat yarmarkasi shahar prokurori, 2-sektor rahbari X.Mamatqulov va Termiz shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Gʻ.Toshov tomonidan tashkil etildi.

O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida ishtirok etgan 200 dan ortiq ishsiz fuqarolarning 42 nafari ishga joylashtirildi.

Yarmarkada shahardagi 34 ta korxona 638 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Shuningdek, mehnat yarmarkasida shahardagi tashkilotlar, xususiy tadbirkorlik sub’yektlari, tijorat banklari, qurilish tashkilotlari ishtirok etishdi.