Prezident topshirig‘i amalda

Prezident topshirig‘i amalda

 

Avval xabar berganimizdek Prezidentimizning viloyatga tashrifi chog‘ida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida Termiz shahridagi mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash borasida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan ichki yo‘llar, ichimlik suv taʼminoti va boshqa infratuzilma obyektlarida amaliy ishlar olib borilmoqda.

 

Bugun shaharning “Kokildor ota” mahallasi ichki ko‘chalariga asfalt yotqizish ishlari davom ettirildi.

Shuningdek, mahallaning 400 dan ortiq aholisi istiqomat qiladigan ko‘chasida ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari jadal surʼatlarda davom etmoqda.

 

Maʼlumot o‘rnida mahallaning asosiy va ichki ko‘chalariga 5 km asfalt yotqizish va 2800 metrga ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari amalga oshiriladi.