Prezident topshirig‘i amalda: Termiz shahrida “Yoshlar saylgohi” tashkil etiladi

Prezident topshirig‘i amalda: Termiz shahrida “Yoshlar saylgohi” tashkil etiladi

 

Kuni-kecha Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosiga kirishildi.

 

Kun avvalida viloyat hokimi Termiz shahridagi “Bobur” bog‘ida faol yoshlar bilan uchrashib, yangi tashabbus va takliflar yuzasidan muloqot qildi. Muloqot davomida “Bobur” bog‘i negizida “Yoshlar saylgohi” tashkil etilishi, ushbu saylgohda ochiq osmon ostida yoshlar uchun katta kutubxona barpo etilishi maʼlum qilindi.

 

Masʼullarga saylgoh loyihasini yoshlarning takliflarini inobatga olgan holda takomillashtirish, bog‘ atrofini obodonlashtirish, tartibga keltirish va yoshlarning haqiqiy fayzli maskaniga aylantirish bo‘yicha topshiriqlar belgilab berildi.