Prezident tashrifidan so‘ng
Prezident tashrifidan so‘ng
Avval xabar berganimizdek Prezidentimizning viloyatga tashrifi chog‘ida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida Termiz shahridagi mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash borasida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan ichki yo‘llar, ichimlik suv taʼminoti va boshqa infratuzilma obyektlarida amaliy ishlar olib borilmoqda.
4-sektor hududiga qarashli “Kokildor ota” mahallasining ichki ko‘chalariga asfalt yotqizish ishlari olib borildi.
Ichimlik suvi tarmog‘i (Turon, Nurli kelajak) va kanalizatsiya tarmog‘ini tortish (Bog‘zor) ishlari, shuningdek piyodalar yo‘lagiga sement-beton qoplamasini yotqizish (Maʼrifat, Tuproqqo‘rg‘on, Surxon soxili, Do‘stlik mfylarda) ishlari olib borilmoqda. Shu kabi amaliy ishlar boshqa mahallalarda ham amalga oshirilayotir.