Okrug komissiyasi matbuot markazida brifing o‘tkazildi
Okrug komissiyasi matbuot markazida brifing o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi 9-Surxondaryo okrug komissiyasi matbuot markazida viloyatdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun brifing o‘tkazildi.
Unda 9-Surxondaryo okrug komissiyasi raisi o‘rinbosari Rasul To‘rayev ishtirokchilarga mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayonga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari haqida atroflicha maʼlumot berdi.
– Okrug hududidagi referendum o‘tkazuvchi 860 ta uchastka aʼzoligiga 9 ming 602 nafar obro‘-eʼtiborga ega, referendum to‘g‘risidagi qonunchilikdan xabardor faol fuqaro jalb etilmoqda, – dedi R.To‘rayev. – Ularning 7 ming 255 nafari ilgari saylovlarda ishtirok etib, yetarli tajriba to‘plagan.
Brifingda referendum o‘tkazuvchi komissiyalar tarkibi, ular uchun tashkil etilayotgan o‘quv seminarlari va uchastka komissiyalari aʼzolarining ayni kunlarda olib borayotgan ishlari xususida ham atoflicha axborot berildi.