Prezident tashrifidan so‘ng

Prezident tashrifidan so‘ng

 

Prezidentimizning viloyatga tashrifi chog‘ida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida Termiz shahridagi mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash borasida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan ayni kunlarda ichki yo‘llar, ichimlik suv taʼminoti va boshqa infratuzilma obyektlarida amaliy ishlar olib borilmoqda.

 

Jumladan kecha 1-sektor hududiga qarashli “Guliston” mahallasining ichki ko‘chalariga asfalt yotqizish ishlari olib borildi.

 

Shuningdek, mahallalarda bosqichma-bosqich (Chegara, Tuproqqo‘rg‘on, Majnuntol, Shifokor, Tinchlik va Mexrobod mfylar) ichimlik suv tarmog‘ini tortish hamda ichki yo‘llar va piyodalar yo‘laklarida sement-beton qoplamasini yotqizish (Maʼrifat, Tuproqqo‘rg‘on, Baynalminal, Navro‘z va Farhod mfylarda) ishlari amalga oshirilmoqda.