Termiz shahrida Bolalar saylgohi ish boshladi

Termiz shahrida Bolalar saylgohi ish boshladi

 

Bugun Amu-sohillari mahallasi hududida Termiz daryo porti MCHJ tomonidan barpo etilgan Bolalar saylgohining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda shahar hokimligi vakillari, harbiy xizmatchilar, mahalla nuroniylari va faollari, ota-onalar va bolajonlar ishtirok etdi.

 

Tadbirda so‘z chiqqanlar shaharning chekka hududida joylashgan mahallalarda ota-onalarning bolajonlarni sayr qildirib, maroqli hordiq chiqarishi uchun yaxshi sharoitlar yaratilganini taʼkidlashdi. Mahallada yosh avlod uchun barcha qulayliklarga ega go‘zal dam olish maskani bunyod etgan qo‘li gul quruvchilarga chuqur minnatdorlik bildirildi.

 

Saylgohga kiraverishda ajoyib sharshara, yozgi kinoteatr, bolalar uchun batut maydonchasi, fast-fud va yaxna ichimliklar shoxobchasi, mini stadion, yo‘l belgilari o‘rnatilgan velosipedlar harakatlanadigan yo‘lak hamda sayr qilish uchun kichik bog‘ barpo etilgan. Yangi xushmanzara Bolalar bog‘ida 15 nafar fuqarolarning bandligi taʼminlandi.

 

Tadbir ishtirokchilari ushbu bog‘da yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Dilrabo kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.