Termiz shahar hokimi profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Termiz shahar hokimi profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Termiz shahar hokimligida o‘tkazilgan uchrashuvda shahar hokimi O‘ktam To‘rayev profilaktika inspektorlari bilan hududlardagi mavjud muammo va kamchiliklarni, shuningdek jinoyatchilikni oldini olish ishlarini muhokama qildi.
O‘z o‘rnida, mahallalarda jinoyatchilikni jilovlashda “Mahalladagi beshlik” ya’ni, profilaktika inspektori, rais, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va hokim yordamchisi hamkorligini oshirish masalalariga alohida ahamiyat qaratildi.
Uchrashuv yakunida mahallalarda profilaktika inspektorlari oldida turgan muammolarning yechimi bo‘yicha muloqot qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.