Muborak oydagi hayrli ishlar davom etmoqda
Muborak oydagi hayrli ishlar davom etmoqda
Xayru-barokat oyi – Ramazon oyining navbatdagi kuni – bugun, 5 aprel kuni Termiz shahrining 4 ta sektoridagi “Tuproqqo‘rg‘on”, “Shifokor”, “Pattakesar” va “Kokildorota” mahallalari aholisi uchun iftorliklar tashkil etildi. Unda sektor masʼullari, imomlar hamda shu mahallalarda yashovchi fuqarolar ishtirok etishdi.
Iftorlikda imomlar tomonidan qurʼon tilovat qilindi. Yakunda shunday muborak oyda yurtimizga tinchlik, osoyishtalik, Vatanimiz obodligi va oilalar farovonligini so‘rab duo qilindi.