“Jaholatga qarshi – maʼrifat” tadbiri
“Jaholatga qarshi – maʼrifat” tadbiri
Bugun Termiz shahar 26-umumiy o‘rta taʼlim maktabida Viloyat hokimi o‘rinbosari A. Abdurahmonov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot kotibi Ilhom Maʼrufov boshchiligida "Jaholatga - qarshi maʼrifat" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda sektor rahbarlari, hokim yordamchilari, maktab direktorlari, mahalla raisi, xotin-qizlar faollari, bog‘cha mudiralari hamda shahar tibbiyot birlashmasi va viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarma hodimlari ishtirok etdilar. Tadbir davomida maʼruzachilar tomonidan Diniy ekstrimizm – jamiyat uchun anʼanaviy bo‘lgan diniy qadriyatlar, aqidalarni rad etish va ularga zid bo‘lgan g‘oyalarga murosasizlik va mutaassiblikning ayanchli oqibatlari to‘g‘risida tushuncha berib o‘tildi.