Davlat rahbarining tashabbusi amalda: Surxondaryoda har kuni iftorliklar o‘tkazilmoqda
Davlat rahbarining tashabbusi amalda: Surxondaryoda har kuni iftorliklar o‘tkazilmoqda
Joriy yil 13 mart kuni Prezidentimizning Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida o‘ttiz kunlik Ramazon oyida eng og‘ir mahallalarda kam taʼminlanganlarni taklif qilib, iftorlik o‘tkazish, ko‘ngli o‘ksik, mo‘min-musulmonlarni og‘irini yengil qilish tashabbusini ilgari surib, bu borada diniy soha vakillariga tavsiyalarini bergan edi.
Xayru-barokat oyi – Ramazon oyining ilk kunidan boshlab Termiz shahri va tumanlardagi to‘yxonalar, xonadonlarda nuroniy otaxon va onaxonlar, ro‘zadorlar ishtirokida iftorliklar o‘tkazib kelinmoqda.
Bugun ham shunday saxovat tadbirlarining navbatdagisi Termiz shahri “Baynalminal” mahallasidagi oilalarning birida o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi va sektor rahbarlari, viloyat bosh imom xatibi hamda shu mahallada yashovchi bir guruh fuqarolar ishtirok etishdi.
Iftorlikda jonliq so‘yilib, imomlar tomonidan qurʼon tilovat qilindi. Yakunda shunday muborak oyda yurtimizga tinchlik, osoyishtalik, Vatanimiz obodligi va oilalar faravonligini so‘rab duo qilindi.
Viloyatimiz bo‘ylab bu kabi xayrli ishlar Ramazon oyi oxiriga qadar davom etadi.