Farovon massividagi mavjud kamchiliklar o‘rganildi
Farovon massividagi mavjud kamchiliklar o‘rganildi
Shahar hokimi O‘ktam To‘rayev boshchiligida mahalla raisi, hokim yordamchisi va mutasaddilar birgalikda “Bog‘ishamol” mahallasida ko‘p qavatli uylar joylashgan Farovon massividagi aholi kayfiyatiga ta’sir qiluvchi mavjud kamchiliklarni o‘rgandi.
Shahar rahbari hududni ko‘zdan kechirar ekan ayrim ichki yo‘llar va trotuarlarni yaroqsiz holatga kelib qolganligini, fuqarolar dam olish va bolalar maydonchasining ba’zilarining ta’mirtalabligi, shuningdek ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini yetarli darajada tashkil etilmaganligini tanqid qildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun chora-tadbirlar belgilanib, massivda istiqomat qiluvchi fuqarolarga yanada qulay sharoitlar yaratib berish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va qat’iy topshiriqlar berdi.