Bugun Termiz davlat universitetida viloyat yoshlari tashabbusi bilan “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri va konsert-shou dasturi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda oliy taʼlim muassasalari talabalari, viloyatning shahar va tumanlarida yashovchi yoshlar ishtirok etdi. Unda dzyudo bo‘yicha jahon chempioni Muzaffarbek To‘raboyev, Ro‘zigul Safarova, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Aziza Xolboyeva va boshqalar so‘zga chiqdi.

So‘zga chiqqanlar yangi konstitutsiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzini yana-da farovonlashishiga, inson qadrini bundanda yuksalishiga xizmat qilishini taʼkidlab, barchani 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Mahmud Namozov, taniqli xonanda Rayhon ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga bayram kayfiyatini ulashdi.