Yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar belgilandi
Yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar belgilandi
Yurtimizda har yili “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlari ekish, yashil hududlarni kengaytirish maqsadida keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirib kelinadi. Vohada ham loyiha doirasida joriy yil bahor mavsumining o‘zida 10 mln dan ortiq daraxt va buta ko‘chatlari o‘tqazildi.
Ko‘chatlarni faqatgina ekib qo‘yishning o‘zi yetarli emas, muhimi uning kelgusidagi parvarishi, ko‘chatlar tutib, rivojlanishi hisoblanadi. Bugun o‘tkazilgan muhokama ana shu tadbirlarning borishi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralariga bag‘ishlandi.
Mavsumga mos gullar ekish, cho‘l zonalarida saksovul ko‘chatlari va urug‘lari ekishni yakuniga yetkazish, ko‘chatlar parvarishini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hokimliklar, mas’ul boshqarmalar rahbarlariga vazifalar belgilab berildi.