Ochiq muloqot o‘tkazildi

Ochiq muloqot o‘tkazildi

Termiz shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Bo‘riyev Akmal Avazovich ishtirokidagi ochiq muloqot Kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlarga qulayliklar yaratish borasida shaharda olib borilayotgan ishlar haqida bo‘lib o‘tdi.

Muhtaram Prezidentimizning 2021 yil 3 dekabrda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” 29-son Farmoni hamda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-son Qarori qabul qilindi.

Dastlab hokim yordamchilari xonadonga tashrif buyurgan holda xonadonlarni xatlovdan o‘tkazdi va xatlov natijalariga ko‘ra, 42 ming 115 ta xonadonlarning ma’lumotlari Respublika miqyosida keng foydalanilayotgan “ONLINE-MAHALLA” platformasiga to‘liq kiritildi. O‘rganilgan xonadonlarning iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli bo‘yicha 4 toifaga ajratib olindi.

Jumladan:

Birinchi toifaga – oilaviy daromadi kam, ishsiz a’zolari bo‘lgan, o‘z ishini boshlashga qiziqishi katta, biroq daromad topishga harakat qilayotgan xonadonlar 2 ming 628 nafar (6,2%)

Ikkinchi toifaga – doimiy daromadga ega, kushimcha daromad topish istagi bor xonadonlar 17 ming 303 nafar (41,1%)

Uchinchi toifaga – ijtimoiy himoyaga muxtoj,boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan xonadonlar 2 ming 933 nafar (7%)

To‘rtinchi toifaga – iqtisodiy ahvoli yaxshi va o‘ziga to‘q  xonadonlar

19 ming 415 nafar (46,1%)

Hokim yordamchilariga ajratiladigan mablag‘lar:

Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 2022 yil uchun 50 mlrd

531 mln. so‘m ajratish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 234 mlrd. 173 mln so‘m, 7843 ta kredit ajrailishi uchun arizalar kelib tushgan.

Shundan: Joriy yilning 11 oyi davomida hokim yordamchilari tomonidan

7843 ta arizalar o‘rganib chiqib 2139 ta arizalarga 41 mlrd 56 mln. so‘mlik kredit ajratish uchun ijobiy tavsiyalar berilib, bugungi kunga qadar 1620 ta arizalarga 38 mlrd 97 mln. so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan.

Termiz shahar bo‘yicha kasb - hunarga o‘qish istagi mavjud aholi to‘g‘risida

Hokim yordamchilar tomonidan jami 1720 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qish istagi mavjud bo‘lib shundan bugungi kunga qadar 1332 nafar fuqaroga kasb-hunar o‘rganish uchun xokim yordamchilar tomonidan tavsiyanoma berilgan,

 Shundan: Termiz shaxar bandlikga ko‘maklashish markazi tomonidan 606 nafar, Savdo sanoat palatasi tomonidan 331 nafar, Biznes va oliy maktab tomonidan

162 nafar va Xotin qizlar qo‘mitasi tomonidan 233 nafar kasb-hunarga o‘qitildi.

 Yo‘nalishlar kesimida- uy hamshirasi 45 nafar, qandolatchilik 165 nafar, tikuvchilik bo‘yicha 522 nafar, sartaroshlik 185 nafar, tokirlik 1 nafar, santexnika 5 nafar, kompyuьyer texnologiyasi sohasiga 268 nafar, bugalteriya xisobi 74 nafar, tadbirkorlik 200 nafar, pazandachilik 65 nafar fuqarolar o‘qitib kelindi.

        Hokim yordamchilar tomonidan ishga joylashtirish masalasi bo‘yicha:

Hokim yordamchilarining tashabbusi bilan joriy yilning 11 oy davomida jami 13807 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib tashkil etilgan ish o‘rinlarining sohalar kesimida tahlil qilinganda:

O‘zini o‘zi band qilganlar 4208 nafar, Mavsumiy ishga joylashganlar 4058 nafar va domiy ishga joylashganlar 5541 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlangan.