BRIFING

BRIFING

Termiz shahar hokimining o’rinbosari Ashurov KAmol Musulmonqulovich ishtirokida brifing o’tkazildi.

Mavzu: Yoshlarni qo’llab-quvvatlash ularning bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlavrini mazmunli o‘tkazish borasida qilingan ishlar.

 

 

Termiz shahrida yoshlar bandligini ta’minlash hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik muammolarini hal etish  maqsadida  sektorlarda olib borilgan ishlar natijasida fevral oyi yakuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvar PQ-92-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 iyun kunidagi 312-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda “Temir daftar” ga kiritilgan oilalar farzandlaridan iborat jami 89 nafar mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning to‘lov kontrakt summasining 50% foizigacha, BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda jami 251 mln 300 ming so‘mlik to‘lov-kontrakt summasi to‘lab berildi.

Jumladan,

1-sektor hududidagi 21 nafar yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining

50 % miqdorigacha o‘quv yurti hisob raqamiga jami 66 mln so‘mlik to‘lov-kontrakt summasi;

2-sektor hududidagi 25 nafar yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining

50 % miqdorigacha o‘quv yurti hisob raqamiga jami 71 mln 100 ming so‘mlik to‘lov-kontrakt summasi;

3-sektor hududidagi 20 nafar yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining

50 % miqdorigacha o‘quv yurti hisob raqamiga jami 52 mln 200 ming so‘mlik to‘lov-kontrakt summasi;

4-sektor hududidagi 23 nafar yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining

50 % miqdorigacha o‘quv yurti hisob raqamiga jami 62 mln so‘mlik to‘lov-kontrakt summasi o‘tkazib berildi.

 “Yoshlar daftari”da ro‘yhatda turuvchi yoshlarga moddiy yordamlar ko‘rsatilganli va “Yoshlar jamg‘armasi”dan 2023 yil 28 mart kuniga qadar qilingan harajatlar quyidagicha;

38 nafariga 36,9 mln. so‘m bir martalik moddiy yordam;

15 nafariga asbob-uskunalarga 69,6 mln. so‘m subsidiya;

9 nafariga kasb-hunarga o‘qitish uchun 16,8 mln. so‘m;

89 nafariga 251,3 mln. so‘m kontrakt to‘lovlari;

20 nafariga harbiy safarbarlik chaqiruvi badali uchun 112,8 mln. so‘m mablag‘lari to‘lab berildi.

Shuningdek, beshta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash, aholi va yoshlarni ommaviy sportga jalb etish maqsadida mahallalardagi yoshlar o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha sport musobaqalari hamda qizlarni sportga jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida “Mahallamiz sportchi qizlari” shiori ostida sportning stol tennis, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash uchun “Besh muhim tashabbus” tadbirlarida faol ishtirok etgan yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 mlrd 862 mln 800 ming so‘m mablag‘lar ajratilgan va tadbirlar uchun jami 323 mln 600 ming so‘m mablag‘ sarflangan.

 

E’tiboringiz uchun rahmat!