“GULISTON” MАHАLLАSIDА SАYYOR QАBUL OʼTKАZILDI
“GULISTON” MАHАLLАSIDА SАYYOR QАBUL OʼTKАZILDI
Bugun, 18-sentyabrь kuni Termiz shahar hokimi I.Xudoyberdiev "Guliston" mahallasida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul oʼtkazdi. Unda shahardagi mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Oʼtkazilgan qabulda 70 nafar fuqarolar tomonidan 78 ta murojaatlar kelib tushgan boʼlib, shundan subsidiya tartibida uy-joy olish, imtiyozli kredit olish, moddiy yordam olish, tibbiy yordam va boshqa masalalardagi fikrlari tinglandi.
Shahsiy va huquqiy masalalarda,shuningdek supsediya asosida uy joy olish masalasidagi murojaatlarga tushintirish berildi.
Qabul davomida yechimi vaqt talab etadigan masalalar boʼyicha masʼullarga koʼrsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi qatiy nazoratga olindi.