HASHAR ELGA YARASHAR

HASHAR ELGA YARASHAR

Xalqimizda hashar deb nomlangan ajoyib anʼana bor. Bu odat yillar o‘tsaki, o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Boisi hasharda xalqimizning birligi, ahilligi namoyon bo‘ladi.

Xususan bugun shaharning “Namuna” mahallasida aholi tashabbusi bilan Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida hashar tashkil etildi. Hasharda mahalladagi keksa-yosh hamjihatlik va uyushqoqlik bilan “Sulton Saodat” ziyoratgohi va qabriston hududlarini obodonlashtirish va tartibga keltirish ishlarini olib borishdi.

Hashar ishlari yakunlangandan keyin mahalladagi tadbirkor tomonidan hasharchilar uchun dasturxon yozilib, osh tarqatildi.