BUTUNJAHON TOZALIK KUNI
BUTUNJAHON TOZALIK KUNI
Butunjahon tozalik kuni - bu insoniyat o‘zi yashab turgan hududda tozalikni o‘rnatish g‘oyasini ifoda etadi. Mazkur g‘oya dastavval 2008-yil Estoniyada vujudga kelib, 50 000 ko‘ngillilar mamlakatni chiqindilardan xoli etish uchun birlashganlar.
Bugungi kunga kelib mazkur kun ko‘ngillilarning bir kun davomida 180 dan ortiq mamlakatni bir maqsad sari birlashtiruvchi yirik ijtimoiy harakatiga aylandi. O‘zbekistonda ilk marta 2019-yil 21-sentabr kuni butun respublika bo‘ylab o‘tkazildi. Butunjahon tozalik kuni har yili sentabr oyining uchinchi shanbasida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston ekologik partiyasi atrof-muhitga befarq bo‘lmagan davlat, biznes-tuzilma vakillari, jamoatchilik tashkilotlari hamda faol fuqarolarni xalqaro hamjamiyat bilan bir qatorda 2021-yilning 18-sentabr kuni Butunjahon tozalik kunida faol ishtirok etishga taklif etadi. Bu insoniyat o‘zi yashab turgan hududda tozalikni o‘rnatish g‘oyasini ifoda etadi.