Hurmatli shahrimiz fuqarolari va mehmonlari!
Hurmatli shahrimiz fuqarolari va mehmonlari!
Yurtimizga bahor fasli kirib kelishi bilan xalqimizning tarixi va madaniyati aks etgan Navro‘z bayrami keng nishonlanadi.
Qadimiy urf-odatlarga boy bo‘lgan Navro‘z bayram sayli bugun erta tongdan Termiz shahridagi Sanʼat saroyi hududida boshlandi.
Bayram davomida milliy taomlar va urf-odatlar ko‘rgazmasi, milliy sport o‘yinlari, mahalliy folklor guruhlari va badiiy jamoalarning chiqishlari tashkil etiladi.
Maʼlumot uchun viloyatning asosiy bayram sayli Termiz shahri bilan birga 17-18 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni "Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!" shiori ostida o‘tkazilayotgan Navro‘z sayliga taklif etamiz!