“HOKIM VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

“HOKIM VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

 

Bugun, shahar hokimi O‘ktam To‘rayev va 4-sektor rahbari Sunnat Muxammadiyevlar birgalikda Mexrobod mahallasida “Chegara”, «Mexrobod» va «Tuproqqo‘rg‘on» mahallasi yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda shahar rahbari yoshlarni qiynayotgan muammolar va takliflarini tingladi.

 

Xususan, yoshlarning sog‘ligini tiklash masalasida shuningdek, kontrakt va safarbarlik rezervi to‘lovi hamda kasb-hunar kursiga o‘qish uchun amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatlari tegishli tartibda ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.

 

Yakunda hal etilishi muddat talab qilinadigan murojaatlar yuzasidan masʼul rahbarlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.