“Navro‘z” umumxalq bayrami tantanalariga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishildi
“Navro‘z” umumxalq bayrami tantanalariga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishildi
Avval xabar berganimizdek, Surxondaryo viloyatining asosiy “Navro‘z” bayrami tantanalari 17-18 mart kunlari Termiz shahridagi “San’at saroyi” maydonida bo‘lib o‘tadi. Viloyat hokimi ushbu hududda bo‘lib, bayram shodiyonalariga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi. Mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Shundan so‘ng viloyat rahbari Termiz shahrining “Jayxun” va “Shifokor” mahallalarida bo‘lib, ko‘p qavatli turar-joylarning fasad qismini ta’mirlash, bo‘yash, zamonaviy ko‘rinishga keltirish, yo‘laklarni ta’mirlash, bolalar o‘yingohlarini tashkil etish bo‘yicha berilgan vazifalar ijrosi hamda mahalladagi “Beshlik” faoliyati bilan tanishdi.
Aholiga bayram kayfiyatini ulashish uchun ishlarni jadallashtirish, asosiy ta’mirlash ishlarini “Navro‘z”ga qadar yakunlash, aholining bayramni yaxshi kayfiyatda kutib olishi uchun sharoit yaratish bo‘yicha topshiriqlar belgilab berildi.