Aholini ro‘yxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Aholini ro‘yxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda

 

Aholini ro‘yxatga olish: uning mohiyati nimada?

Tasavvur qiling, qo‘lingizda O‘zbekiston xaritasi va unga qarab hududlarga doir birlamchi maʼlumotlarni aytish mumkin. Masalan, Surxondaryoda qancha aholi yashaydi, Surxondaryoda bandlik masalasi qay ahvolda, Surxondaryoda nechta taʼlim muassasasi bor, Surxondaryoda aholi zichligi qanday va shunga o‘xshash boshqa muhim maʼlumotlar. Biroq bunday yuzaki va taxminiy ko‘rsatkichlar bilan bugungi jadal rivojlanish va islohotlar davrida uzoqni ko‘zlab nimanidir reja qilish qiyin, albatta.

Aksincha, qo‘limizda har bir hududga doir aniq faktlar bo‘lsa, rejalarimiz ham, amallarimiz ham manzilli va puxta bo‘ladi. Aynan shuning uchun bizga butun respublikani qamrab oladigan ishonchli maʼlumotlar kerak va ular tadrijiy ravishda yangilanib borilishi shart. Bunday aniq va yaxlit maʼlumotlar esa aholini ro‘yxatga olish asosida olinadi. Shunga qarab o‘tmish va bugun haqida fikr-mulohaza yuritish hamda kelajakni farazlash mumkin. Shuningdek, bu aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, maʼlumot darajasi, oilaviy holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida maʼlumot olishning yagona manbai hamdir.


Yusuf Turdiyev

Termiz shahar Statistika bo‘limi boshlig‘i