Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
Xabaringiz bor, Prezidentimiz 6 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari, Oliy sud rahbariyati bilan uchrashib, Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan xalqimiz tomonidan kelib tushgan takliflar yakunlari bo‘yicha maslahatlashuv bo‘lib o‘tdi.
Deputatlar jamoatchilik tomonidan yuborilgan 200 mingdan ortiq takliflarning har birini sinchiklab o‘rganib chiqishdi, bunda xalqaro tajriba ham inobatga olindi, turli sohalardan yetuk mutaxassislar va ekspertlar jalb etildi.
Bir necha oy davom etgan o‘rganishlar natijasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining yakuniy tahriri tayyorlandi.