Qonunchilikka ko‘ra, xorijiy tillardan milliy va xalqaro sertifikatga ega davlat boshqaruv idoralarining barcha bo‘g‘inlari xodimlariga lavozim maoshiga nisbatan 20 foizgacha qo‘shimcha ustama berish tartibi joriy etilgan
Qonunchilikka ko‘ra, xorijiy tillardan milliy va xalqaro sertifikatga ega davlat boshqaruv idoralarining barcha bo‘g‘inlari xodimlariga lavozim maoshiga nisbatan 20 foizgacha qo‘shimcha ustama berish tartibi joriy etilgan (https://lex.uz/docs/5426736).
Shuningdek, taʼlim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab beriladi.
Termiz shahar adliya bo‘limi boshlig‘i A.Jabborov