HUQUQIY VORISLIK 

HUQUQIY VORISLIK 

 

Huquqiy vorislik — huquq va majburiyatlarning bir shaxsdan boshqa shaxsga o‘tishi. Huquqiy vorislikning umumiy (universal) va xususiy (singulyar) turi bor.

 

Umumiy Huquqiy vorislikda vorisga barcha huquq va majburiyatlar o‘tadi (mas, meros qoldirishda, yoki bir necha tashkilotlar, yaʼni yuridik shaxslar qo‘shilgan-da). Xususiy (shaxsiy) Huquqiy vorislikda biron-bir alohida huquq bir shaxsdan boshqasiga o‘tadi (mas, dastlabki kredi-tor huquqining boshqa shaxsga huquq o‘tish paytidagi hajmda va shartlarda berilishi).

 

Shu bilan birga boshqa shaxslarga o‘tishi mumkin bo‘lmaydigan huquqlar ham mavjud.

 

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining FK aliment talab qilish, hayot yoki sog‘liqqa yetkazilgan zararni qoplash huquqining boshqa shaxsga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi.

 

Termiz shahar adliya bo‘limi bosh maslahatchisi A.Xudoyberdiyev