Termiz shahrida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nishonlandi

Termiz shahrida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nishonlandi

 

Bugun Termiz shahridagi “Azizbek” tantanalar saroyida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

 

Unda shahrimizda turli sohalarda ko‘p yillar va samarali mehnat qilib kelayotgan fidoyi xotin-qizlar vakillari ishtirok etdi. Bayram tadbirida yig‘ilganlarni Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev qizg‘in muborakbod etib, ezgu tilaklarini bildirdi.

 

Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Anvar Gʻaniyev va shahar madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan ijro etilgan ona, tinchlik, bahor, mehr-muhabbat va sadoqatni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar barchaga bir olam quvonch ulashdi.